Insitut tarixi

  • img
  • img
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI HUZURIDAGI YARIMO‘TKAZGICHLAR FIZIKASI VA MIKROELEKTRONIKA ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2017 yil 27 iyuldagi PQ–3151-son qarori hamda “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 2017 yil 1 noyabrdagi PQ–3365-son qarorida belgilangan dasturiy vazifalarni sifatli bajarish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining real sektorlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda fizika sohasida chuqur fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda yosh olimlar va talabalarni ilmiy jarayonga keng jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 468-sonli Qarori bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetining Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika laboratoriyasi negizida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 martdagi "Ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasida ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi PQ-5032-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi "Muqobil energetika, elektrotexnika va mikroelektronikani rivojlantirish, yarimo‘tkazgichlar fizikasi sohasidagi tadqiqotlar samaradorligini oshirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 639-son qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa normativ-huquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ilm-fan hamkorligini kuchaytirish, ta’limni modernizatsiya qilish, ta’lim sohasidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirishga imkon yaratmoqda.

Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:
-yarimo‘tkazgichlar fizikasi, yarimo‘tkazgichli mikroelektronika, materialshunoslik, geliofizika va muqobil energiya manbalari sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni, innovasion loyihalarni amalga oshirish va bu borada ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda ishtirok etish, jumladan, ilmiy tadqiqotlar loyihalarini klaster shaklini tashkil etish orqali bajarish, shuningdek, yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika sohasini rivojlantirishning jahondagi zamonaviy tendensiyalarini tahlil qilish;
-yangi yarimo‘tkazgichli materiallarni yaratish texnologiyalarini ishlab chiqish va ular asosidagi mikroelektronika hamda fotonikaning tayanch elementlari hisoblanadigan ko‘p qatlamli tuzilmalar parametrlarini tadqiq etish;
-yuqori texnologik sohalar va respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida talab yuqori bo‘lgan turli funksional maqsadlarga mo‘ljallangan barqaror va qayta tiklanuvchi parametrli zamonaviy yarimo‘tkazgichli asboblarni yaratish;
-yarimo‘tkazgichlar fizikasi va yarimo‘tkazgichli mikroelektronika sohasida ilmiy tadqiqotlar va innovasion loyihalarni amalga oshirish uchun Institutni zarur zamonaviy o‘quv hamda ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash orqali uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
- oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, sanoat va boshqa manfaatdor tashkilotlar, shuningdek, xususiy sektorning o‘zaro hamkorligini ta’minlash uchun yarimo‘tkazgichlar fizikasi hamda yarimo‘tkazgichli mikroelektronika sohasida innovatsiyalarni joriy etishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
-barcha bosqichlarda fundamental va amaliy ilm-fanning ta’lim jarayoni bilan integratsiyalashuvini ta’minlash, bu borada o‘quv-tajriba, laboratoriya va kurs ishlarini bajarish, ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotlarini o‘tash uchun laboratoriya bazasidan foydalanish;
-tegishli bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining yangi o‘quv dasturlari, darsliklari, o‘quv qo‘llanmalarini yaratishga amaliy yordam ko‘rsatish orqali o‘quv-metodik ishlarning darajasi hamda sifatini oshirish;
-yarimo‘tkazgichlar fizikasi hamda yarimo‘tkazgichli mikroelektronika sohasida xalqaro aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish, hamkorlikdagi xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek xalqaro ilmiy anjumanlar hamda simpoziumlarni tashkil etish va o‘tkazish;
-bakalavrlar va magistrlarni tayyorlashda ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish, shuningdek, Institut negizida fizikaning tegishli ixtisosliklari bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida ta’lim olishni tashkil etish orqali oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
-yarimo‘tkazgichlar fizikasi, mikroelektronika va fotonika sohasida ilmiy hajmdor texnologiyalarni yaratish hamda innovasion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish, shuningdek, respublika tashkilotlari va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlariga muvofiq ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish. Institut tarkibidagi 8 ta ilmiy laboratoriya, “EG-2 SOKOL elektrostatik tezlatgich” noyob ilmiy ob’yektida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.